# Where

Bu kalit so'zning vazifasini bilish uchun avvalo **SELECT**, **UPDATE**, **DELETE** so'rovlarining to'liq vazifalarini bilishingiz talab qilinadi.

Bilganingizdek, select bizga ma'lumotlarni hech qanaqa saralashlarsiz qaytarar edi. Lekin biz hamma ma'lumotni emas faqat ma'lum bir holni qanoatlantirganlarinigina qaytishini xohlasak, where kerak bo'ladi.

Sintaksisi juda ham oddiy:

```sql
SELECT ... FROM jadval_nomi
WHERE true_yoki_false_qaytaradigan_shart;
```

WHERE'dan keyin biz kerakli filterni logikasini yozamiz va bu so'rov biz uchun jadvaldagi har bir ma'lumotni biz bergan shart bo'yicha tekshiradi va qanoatlantiradiganlarini qaytaradi.

**UPDATE** so'rovida:

Bu so'rovni ishlatyotgan paytda shartni qanoatlantiradigan qatorlardagi ma'lumotning ustida o'zgarish qilinadi. Ammo, ma'lum bir shart bo'lmasa demak jadvaldagi hamma qatorlarga ta'sir ko'rsatadi.

```sql
UPDATE jadval_nomi
SET ...
WHERE ...;
```

**DELETE** so'rovi ham xuddi **UPDATE** kabi ishlaydi, ya'ni shart bermasak hamma qatorlarni o'chirib chiqadi.

```sql
DELETE FROM jadval_nomi
SET ...
WHERE ...;
```

WHERE'dan keyin yozishimiz mumkin bo'lgan tekshiruvlar quyidagicha bo'lishi mumkin:

* WHERE id NOT NULL;
* WHERE id > 10;
* WHERE id <> 10;
* WHERE id = 10;
* WHERE id IN (1, 54, 56);
* WHERE id BETWEEN 100 AND 200;

{% hint style="info" %}
Shuning uchun UPDATE va DELETE so'rovlari bilan WHERE'ni ishlatishni unutmang, aks holda bu so'rovlar jadvalning hammasiga ta'sir o'tkazadi.
{% endhint %}


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/database/postgresql/basic/where.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
