SortedList

Tolibjonov Abdulloh

SortedList ham xuddi Listga o`xshash to`plam. Elementlarni qo`shish, o`chirish, saralash kabi funksiyalar SortedListda ham mavjud. Ammo Listdan farqi elementlar kalit/qiymat tarzida bo`ladi. Bu qanday bo`ladi deysizmi? Har bir element qiymatini o`z kaliti bo`ladi.

1

2

3

4

5

Muhammad Karim

Xondamir

Jasur

Farrukh

Abdulloh

Masalan bu rasmda,

1 – kalitda Muhammad Karim

2 – kalitda Xondamir

3 – kalitda Jasur

4 – kalitda Farrukh

5 – kalitda Abdulloh turadi degani.

MUHIM QOIDALAR !

  • SortedListda elementga nafaqat indeksi orqali balki, kaliti orqali ham kirish mumkin

  • Kalit null qiymat qabul qilmaydi, ammo element null qiymatni qabul qiladi.

  • Bir xil qiymatli elementlar bo`lishi mumkin, ammo ularning kalitlari bir xil bo`lmaydi

  • Kalitlarni faqat sonlar emas balki ixtiyoriy tipda ham berishingiz mumkin, faqatgina kalitlarning hammasi bir xil tipda bo`lishi kerak, aks holda kompilyator ishlamaydi

SortedListni qanday yaratamiz ?

1-bosqich **

Kod yuqorisiga using System.Collections; ni yozib qo`ying

2-bosqich

Berilgan sintaksis bo`yicha SortedList yaratamiz

list_nomi degan joyga o`zingiz ixtiyoriy nom berishingiz mumkin !

3-bosqich Element qo`shamiz 2 xil usulda :

1) SortedListni yaratiboq elementlarni yoniga yozib qo`ying (xuddi massivdek)

Ahamiyat bersangiz elementlar ham jingalak qavs ichida yoziladi, sababi kompilyator kaliti qaysi qiymatga tegishli ekanini aniqlashda xato qilmasligi uchun.

2) Add() funksiyasi yordamida qo`shish mumkin

4-bosqich

Elementlarga kirish GetKey() va GetByIndex()

Natija:

GetKey(i) – i element turgan indeksi, indeksiga qarab elementning kalitini aniqlab beradi. GetByIndex(i) – i indeksiga qarab element qiymatini aniqlab beradi

Natija:

Natija:

SortedListga misollar

Natija:

SortedList dan elementlarni o`chirish

Clear() Remove() RemoveAt()

Clear() - funksiyasi to'plamdagi barcha elementlarni o'chirib tashlaydi

Natija:

Remove(T) – T-da turgan elementni o`chiradi, T-indeksda turgan elementni emas.

Natija:

RemoveAt()

Natija:

Eslatma! Remove() bilan RemoveAt() funksiyalarida qaysi element o`chib ketganiga ahamiyat bering ular bir xil emas.

Element bor yoki yo`qligini tekshirish

Contains(), ContainsKey(), ContainsValue()

Contains() va ContainsKey() funksiyalari bir xil

Natija:

Bu funksiya kaliti 3ga teng bo'lgan element bor yoki yo'qligini tekshirib beradi. Bor bo'lsa True, bo'lmasa False.

ContainsValue()

Natija:

Bu funksiya kalitni emas, berilgan qiymat bor yoki yo'qligini tekshiradi. Listda Porsche yo'q edi. Shu sababli False.

Last updated

Was this helpful?