PostgreSQL DROP TABLE buyrug'i berilgan ma'lumotlar bazasining istalgan jadvalini o’chirish uchun ishlatiladi. Bundan ehtiyot bo’lib foydalanish kerak, chunki o’chirilgan TABLE ni qayta tiklab bo’lmaydi.
Bu buyruq oddiy yoziladi va hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Faqat o’sha nomdagi TABLE bo’lsa bo’ldi, ketooradi .
Syntax :
DROP TABLE table_nomi ;
Buni ishlatish quyidagicha :
Biz oldin TABLE larni ro’yxatini ko’rib chiqamiz. Buning uchun testdb-# \d yozsak barcha table larni ko’rsatadi:
Schema
Name
Type
Owner
public
students
table
postgres
public
teachers
table
postgres
public
drivers
table
postgres
(3 rows)
Ko'rib turganingizdek, bizda 3 ta TABLE chiqdi. Ulardan bizga kerak bo'lmagan ixtiyoriy TABLE ni o’chirib yuborishimiz mumkin. Keling, drivers TABLE ni o’chiramiz:
DROPTABLE drivers;
Ushbu buyruq bajarilgandan keyin drivers Table ichidagi barcha ma'lumotlari bilan birga butunlay o'chib ketadi.
Buyruq to'g'ri bajarilganini tekshirib ko'rish uchun yana testdb-# \d yozsak barcha table larni ko’rsatadi