# PostgreSQL

![](https://user-images.githubusercontent.com/91861166/145937997-e15095b3-89b9-4938-b606-4199a52cc7c7.png)

Hozirgi vaqtda **PostgreSQL** deb nomlanuvchi relatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi 1986 – yilda Berklindagi Kaliforniya universitetida yozilgan `POSTGRES` paketidan olingan. 20 yildan beri ilg’or rivojlanib kelayotgan PostgreSQL hozirgi kunda deyarli hamma joyda mavjud bo’lgan ochiq kodli ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Maykl Stonebraker tog’aning ushbu POSTGRES loyihasi dastlab moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish, reaktiv dvigatelning ishlashini monitoring qilish va asteroidlar harakatini kuzatish uchun xizmat qilgan (boyvachcha amakilar qo’llab turishgan albatta).

![Maykl Stonebraker](https://user-images.githubusercontent.com/91861166/145939340-3b86a5bf-7ade-4b6d-bd89-014b2f8968e6.png)

1992 – yilda “Informix” Maykl tog’aning bu loyihasini sotib oldi. 1994 – yilga kelib “Informix” POSTGRES ga SQL tilini qo’shishga qaror qildi va Endryu Yu va Jolli Chen amakilar POSTGRES ga SQL ni qo’shdilar va Postgres95 nomi bilan internetga chiqarildi (fidokorona xizmat qilishgani aniq). 1996 – yilda “Postgres95” nomi eskirib qolayotganini sezib qolishgach, POSTGRES va SQL qobiliyatiga ega yangi avlod “PostgreSQL” ni taqdim etishdi va 6.0 dan boshlangan versiya raqamlashi o’rnatildi. 2021 – yil 30 –sentabrda “Global Development Group” yigitlari hozirgi kunda juda keng foydalaniladigan tizimning 14 – versiyasini ishlab chiqishdi. Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi deganlaridek, PostgreSQL ni [bu yerdan](http://www.postgresql.org/) yuklab olib bemalol hijolat tortmasdan bepul ishlatishingiz mumkin.


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/database/postgresql.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
