# And va Or

Bu ikki operator 2 va undan ortiq shartlarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiladi. Bular xuddi dasturlash tillaridagi and(&&) va or(||) bilan bir xil vazifa bajaradi va ularni so'rovning shart beryotgan qismida ishlata olamiz.

{% hint style="info" %}
HAVING, WHERE kalit so'zlaridan keyin ishlatiladi.
{% endhint %}

### AND operatori sintaksisi

```sql
SELECT ustun1, ustun2, ustunN
FROM jadval_nomi
WHERE [shart1] AND [shart2]...AND [shartN];
```

Bunaqa paytda hamma shartlar TRUE qiymat qaytarsa so'rov shu natijani qaytaradi. Bu yerda faqat SELECT so'rovi orqali misol ko'rsatilgan, UPDATE va DELETE so'rovlarida ham shunaqa bajariladi.

### OR operatori sintaksisi

```sql
SELECT ustun1, ustun2, ustunN
FROM jadval_nomi
WHERE [shart1] OR [shart2]...OR [shartN];
```

Bunaqa paytda kamida bitta shart ham TRUE qaytarsa shu qator ustida so'rov bajariladi.

### Birga ishlatish sintaksisi

```sql
SELECT ustun1, ustun2, ustunN
FROM jadval_nomi
WHERE ([shart1] AND [shart2]) OR...[shartN];
```

Ularni birga ishlatish uchun qaysi shartlar o'zaro aloqadorligi bo'lsa bitta qavs ichida bo'lishi kerak. Bu readability'ni ham oshiradi va kattaroq va kengroq tekshiruvlar qilishda ham juda muhim hisoblanadi. Ba'zi paytlarda qavs qo'yish yoki qo'ymaslik bir xil natija berishi mumkin, lekin qavs qo'yish tavsiya beriladi.


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/database/postgresql/basic/and-va-or.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
