# Delete so'rovi

DELETE so'rovi ma'lum bir jadvalda mavjud bo'lgan qatorlarni o'chirish uchun xizmat qiladi. Bu so'rov tanlangan qatorlarning hammasini o'chiradi, shuning uchun ehtiyot bo'lib ishlating va doim WHERE bilan ishlatish maqsadga muvofiq.

Sintaksis unchalik qiyin emas:

```sql
DELETE FROM jadval_nomi;
```

Jadvalda nima bo'lsa hammasini o'chirib tashlaydi va natijadi jadvalimiz bo'shab qoladi. Bunday qilishning DROP so'rovi bilan aloqasi yo'q, chunki bunday qilganimizda jadvalning o'zi, strukturasi to'liq saqlanib qoladi.

```sql
DELETE FROM jadval_nomi
WHERE [shart];
```

Bu so'rov faqat shartni qanoatlantiradigan qatorlarni o'chirib tashlaydi.

Agar shartni qanoatlantiradigan birorta ham qator bo'lmasa, xatolik bermaydi va hech qanday o'chirish amali bajarilmaydi.

Kattaroq va murakkabroq so'rovlarda DELETE bilan ham subQuerylar ishlatish mumkin:

```sql
DELETE FROM company
WHERE id IN (SELECT id ROM company WHERE id IN (8, 9));
```

Odatda bunday qilinmaydi, lekin qanday qilishni bilish zarar qilmaydi.

Amaliy misolda ko'rib chiqsak:

![](https://user-images.githubusercontent.com/91861166/223755207-789220af-0634-4a43-96c0-9f5cd9501868.png)

Tepadagi so'rov shartni qanoatlantirganlarni hammasini jadvaldan o'chirdi.


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/database/postgresql/basic/delete-sorovi.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
