Skip to content
For the complete documentation index, see llms.txt. This page is also available as Markdown.

HashTable

Tolibjonov Abdulloh

Bu mavzuni boshlashdan oldin Hash kod va Hash jadval haqida bilib olsak !

Hash kod – Ma'lumotlar to'plamida qidiruv va kiritishga yordam beruvchi, hash jadvalga asoslangan raqamli qiymat.

Hash jadval – bu kalit/qiymat elementlarni saqlash uchun maxsus to'plam. Stack, Array, List va Queue ni o'rniga Hash jadval 2 xil qiymat saqlaydi (kalit va qiymat).

Hashtable – Hash kodga asoslangan, kalit/qiymat ko'rinishidagi juft elementlar to'plami. Boshqacha qilib aytganda, Hashtable ma'lumotlarni saqlash uchun hash jadvaldan foydalanadi (hash table). Hashtable (non-generic) generic bo'lmagan to'plamdir, shu sababdan kodni yuqorisiga System.Collections ni yozish kifoya.

MUHIM QOIDALAR!

• Hashtable kaliti null qiymatli bo'lishi mumkin emas

• Hashtable elementlari kalit/qiymat juftligida bo'ladi

• Kalitni nomi boshqa kalitlar bilan bir xil bo'lmasligi kerak

Hashtable ni qanday yaratamiz ?

1-Bosqich. Kod yuqorisiga using System.Collections; kiritamiz

    using System.Collections.Generic;

2-Bosqich. Ko'rsatilgan tartibda Hashtable ni yaratamiz

    Hashtable hashtable_nomi = new Hashtable();

hashtable_nomi – bu Hashtable nomi ixtiyoriy nom yozishingiz mumkin

3-Bosqich. Element qo'shamiz, har doimgidek 2 xil usulda :) 1) Hashtable ni yaratiboq element qo'shing (xuddi massivdek)

    Hashtable hashtable_nomi = new Hashtable() {{1, "element1"}, {2, "element2"}};

2) Add() funksiyasi yordamida element qo'shing

Misol:

DictionaryEntry haqida SortedList mavzusidagi misollar davomida ma'lumot berib o'tilgan.

Hashtable da elementlarni qanday o'chiramiz ?

Remove() va Clear() funksiyalari orqali

Remove() – funksiyasidan foydalanib kalitni kiritish orqali elementlarni o'cherish mumkin

Clear() – funksiyasi Hashtable dagi barcha elementlarni o'cherish uchun

Misol:

Hashtable elementlarni bor yoki yo'qligini qanday bilamiz?

Contains() – funksiyasi Hashtableda bizga kerakli kalit bor yoki yo'qligini tekshriadi

ContainsKey() – Contains() bilan bir xil

ContainsValue() – funksiyasi Hashtableda bizga kerakli qiymat bor yoki yo'qligini tekshiradi

Misol:

True bo'lganini sababi Hashtable kaliti 1 ga teng bo'lgan elementi bor

False bo'lganini sababi kaliti 6ga teng bo'lgan elementi yo'q

True bo'lganini sababi Hashtable ni qiymati "element3" ga teng bo'lgan elementi bor

Last updated

Was this helpful?