For the complete documentation index, see llms.txt. This page is also available as Markdown.

Ko'p o'lchamli massiv

Mirzayev Bahodirjon

Massivlar daraja yoki o'lchovlar soni kabi tushuncha bilan tavsiflanadi. Massivlar 1, 2, 3 yoki n o’lchamli bo’lishi mumkin. Ko’p o’lchmali massivlarni 2 o’lchamli massivlar misolida ko’rib boramiz Bir o’lchovli massivlarni bitta gorizontal qator kabi tasavvur qilishimiz mumkin, misol uchun:

int[] nums1 = new int[] { 0, 1, 2, 3, 4};

Vizual ko’rinishda bu massiv:

image

Endi esa 2 o’lchamli massivga misol ko’ramiz:

Vizual ko’rinishda bu massiv:

image

Ko’p o’lchamli massivlarni e’lon qilish uchun kvadrat qavs ichiga vergul qo’yiladi, yani [,] ikki o’lchamli massiv, [,,] uch o’lchamli massiv va hokazo.

C# 32 o’lchovgacha bo’lgan massivlarni qo’llab quvvatlaydi.

32 o’lchovgacha Karl, 32!

Odatda 1,2 yoki 3 o’lchamli massivlar ko’p ishlatiladi. 2 o’lchamli massivlar shuningdek matritsa deb ham ataladi. Ko’p o’lchamli massivlarni ham bir o’lchamli massivlar kabi turli hil yo’l bilan e’lon qilishimiz mumkin:

Ko’p o’lchamli massivlarning elementlarini massiv elon qilingan paytda:

kabi aniqlashimiz yoki sikl yordamida elon qilishimiz mumkin:

Bu yerda Random sinfidan foydalanildi. Shuningdek massivning har bir elementini alohidadan aniqlashimiz mumkin:

Ikki o’lchamli massivlarda [2, 3] masivning qatorlar va ustunlar sonini belgilaydi yani 2 qatorlar soni va 3 ustunlar soni, quyida bunga misol ko’rishingiz mumkin:

image

Keling endi 2 o’lchamli massivga misol ko’ramiz. Sinfxonada 3 qator partalar joylashgan, har bir qatorda 4tadan parta bor, bir partaga 1ta bola o’tiradi, oddiy hisob kitob bilan bu honada 3*4=12 ta parta borligi va 12ta o’quvchi sig’ishini hisoblay olamiz, endi masalaga o’tamiz, matematika fanidan imtihonda barcha o’quvchilar 3,4 yoki 5 baholarini olishdi, savol sinfning o’rtacha bahosi necha?

Natija:

5 3 5 4

4 3 5 4

3 3 3 3

Sinfning umumiy bahosi: 45

Sinfning o'rtacha bahosi: 3,75

Massivlarning asosiy hususiyatlari:

O’lchovi(rank): massivning o’lchovini bildiradi

Massiv uzunligi(array lenght): massivning barcha elementlari soni

o'lchov uzunligi(dimension length): bir alohida o’lchovining uzunligi

Last updated

Was this helpful?