Siz C# da dastur yozar ekansiz, static kalit so’ziga duch kelishingiz aniq. Ushbu darsda static kalit so’zi classlar yaratishda qanday ahamiyatga ega ekanligini ko’rib chiqamiz.
Classlarning oldidan static so’zi yozilgan bo’lsa, demak bu class - staticclass degan ma’noni bildiradi. Staticclasslar bizga object olmasdan uning maydon, method va property laridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Console.WriteLine(Math.PI);
Ushbu code dagi Math.PIga e’tibor bering. Math class – bu static qilib yozib chiqilgan classdir.
Static qilib siz birorta class yaratsangiz undan object olmasdan ClassName.PropertyName yoki ClassName.MethodName ko’rinishida ishlatish imkoniyati bo’ladi (Class nomi “.” dan keyin ishlatmoqchi bo’lgan maydon va method nomini yozib ishlatib keta olasiz).
staticclass lar qanday yoziladi? Quyidagi namunada Mathclassidagi PI ni ishlatishni qo’lda yozib chiqsak qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rib chiqamiz.
Demak, staticclasslarni yaratish uchun class nomi va method nomlari oldidan static kalit so’zini ishlatgan holatda yarata olar ekanmiz. Static classlarda object olib bo’lmaydi, chunki bu xususiyat object olmasdan ishlatish uchun qo’shilgan. Static classlar va static methodlar haqida quyidagi namudan xulosa olishingiz mumkin.