# Logging

**.NET’da log** qilish (qayd qilish) oson ishlardan biri albatta. Lekin undan to’g’ri foydalana olish bu sizning darajangizni ham aniqlab berishi mumkin. Log qilishda ehtiyot bo’lish kerak, lekin qanday? Bugun **ILogger** o’zi nima va qayerdan kelib qolyapti, uni qayerda va qanday holatda ishlatsak bo’ladi shularni batafsil ko’rib chiqamiz, kettik!

***

### ILogger nima?

**ILogger — Microsoft.Extensions.Logging** dan keladigan interface. U bizga **.NET’da** oson yo’l bilan log qilishimizga imkon beradi. **Dependency Injection (DI)** orqali biz ILogger’ni ishlatmoqchi bo’lgan Class’imizga Inject ya’ni ichiga kirg’izamiz:

```
using Microsoft.Extensions.Logging

public class MyService(ILogger<MyService> logger)
{
	public void DoWork()
    {
        logger.LogInformation("Doing work at {Time}", DateTime.UtcNow);
    }
}
```

***

### Logging levels (Qayd qilishning darajalari)

*6 ta Log qilish darajasi (KETMA-KETLIKDA) bo’lib ular quyidagilar:*

* **Trace**
* **Debug**
* **Information**
* **Warning**
* **Error**
* **Critical**

***

### Trace

***Детальный*** ma’lumotlarni qayd qilish uchun. Odatda **debug** qilinayotganda yoki software qurilayotganda ishlatilinadi. Masalan har bir funksiya ishga tushganda uni ishga tushganini va nima parameter’lar bilan ishga tushganini qayd qilish:

```
logger.LogTrace("ProcessData metodi ishga tushyapti. Parameterlari: {Parameter1}, {Parameter2}", param1, param2);
```

***

### Debug

**Log** qilishning bu darajasiham **Trace’ga** o’xshab ketadi ya’ni biroz kamroq ***детальный*** ma’lumotlar bo’ladi ammo buniham **debug** va dastur ishlab chiqarilayotganda ishlatilinadi.

```
logger.LogDebug("{Username} uchun user authentication boshlandi.", username);
```

***

### Information

**Information** darajasi bo’lsa **Trace** va **Debug’dan** farqli o’laroq, umumiy ishlar natijasi uchun ishlatsak bo’ladi. Ya’ni **детальный**-**детальный** ma’lumotlarni chiqarmasdan, umumiy masalan biror-bir ish bajarilib bo’lgandan so’ng ish yakunlanganini qayd qilib qo’yish uchun ishlatsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

```
logger.LogInformation("{UserId} miqdordagi to'lov {Amount} uchun muvaffaqiyatli to'landi.", userId, amount);
```

***

### Warning

**Warning** — qachonki kutilmagan voqea sodir bo’lsa, ogohlantirish ya’ni **warning** darajasini ishlatsak bo’ladi. Masalan xotirada joy kam qolganini:

```
logger.LogWarning("{ServerId} mana shu server'da joy kam qolyabdi. Faqatgina {FreeSpace} GB joy qoldi!", serverId, freeSpace);
```

***

### Error

**Error** — biror bir jiddiy voqea sodir bo’lsa-yu lekin dastur o’zini o’zi tiklay olib dastur ishlashdan to’xtamasa ishlatsak bo’ladi. Bu dasturni to’xtatmaydigan ammo e’tibor berishimiz majbur bo’ladigan voqea uchun ishlatilinadi.

```
logger.LogError(ex, "{UserId} uchun to'lov amalga oshirilayotganda muammoga duch kelindi. Exception: {ExceptionMessage}", userId, ex.Message);
```

***

### Critical

**Bu qayd qilishning eng cho’qqisidagi daraja bo’lib, serverda xatolik yuz bersa, dastur ishdan chiqib ketsa (poyezd relsdan chiqib ketsa) va dastur qayta ishga tushirilishini talab qilsa ushanda ishlatilinadi.**

```
logger.LogCritical("Dastur ishga tushmadi. Configuration fayl topilmadi.");
```

***

## Qayd qilishni sozlash

Biz qanday hohlasak shunday **Log** (qayd) qilish imkoniyatlari bor, masalan faqatgina ma’lum bir **Log Level’lar** qaydnomaga yoziladi. Va buni mana bunday amalga oshiramiz:

**Program.cs'da:**

```
builder.Logging.SetMinimumLevel(LogLevel.Warning); // Faqatgina Warning va undan baland bo'lgan qaydlar
```

Bu yerda biz **SetMinimumLevel** ni ichiga qaysi **Log Level’dan** yuqori bo’lgan qayd qilinishlarni beramiz. Agarda **Warning** bersak undan yuqorilaridagilar chiqadi, **Trace** bersak barchasi chiqadi chunki **Trace** birinchi darajali qayd qilish hisoblanadi.

***

## Diqqat!

E’tibor bergan bo’lsangiz log qilayotganimda **string interpolation’ga** o’xshab ketadigan **sytnax** ishlatdim ammo boshida **$** mana bu belgi yo’q. O’ylagandursiz xato qilgan bo’lsa keraak deb, ammo hech ham unday emas.

Bunday formatda o’zgaruvchilarni qayd qilib ketsak keyin masalan **Azure’da** shunday xizmatlar borki ular bilan mana shu **{}** ni ichidagi nom bilan **filter** qilib osonlikcha topib olsak bo’ladi. Agarda **$** bu belgi bilan **string interpolation** qiladigan bo’lsak, unday qilib **filterlay** olmaymiz.

***

## Diqqat #2

1. ***Hamma narsani Information yoki Error qilib Log (qayd) qilavermang! Aniq-tiniq hamma narsani joyida ishlating!***
2. ***Hech qachon parollar, bank kartasi raqamlari, yoki shaxsiy ma’lumotlarni qayd qilmang!***
3. ***String interpolation o’rniga placeholder {} larni ishlating!***

***

### Shu Log (qayd) qilishlarni yaxshilab o’rganib olsak, anchagina debug-friendly (debug qilishga oson bo’lgan) dasturlarni qura olamiz.

***

***Xurmat bilan,***

***Muhammad Xodjayev.***


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/c-.net/web-development/asp.net-core-web-api/logging.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
