> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://docs.dot-net.uz/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://docs.dot-net.uz/c-.net/basic/starter/readline.md).

# ReadLine

Assalomu aleykum bo'lajak .NET dasturchilar, ushbu mavzuda sizlarga nimalardir tushintirishga harakat qilaman, tushunmasangiz menda emas :) xaxaa

`Console.WriteLine()` malumotlarni chiqarish, chop etish (output) uchun foydalaniladi. Endi belgilar oqimini o'qish uchun (input) `Console.ReadLine()` dan foydalanamiz. `ReadLine()` metodi (funksiyasi) `Console` sinfi ga tegishli.

```csharp
using System;

namespace ConsoleApp2
{
    class Program
    {
        static void Main(string[] args)
        {
            string ism;
            Console.WriteLine("Ismingizni kiriting: ");
            //string tipida qiymat qaytadi
            ism = Console.ReadLine();
        }
    }
}
```

`Console.ReadLine()` bilan ma'lumotlarni faqat string tipida olishimiz mumkin. Masalan int tipida son kiritmoqchi bo'lsak uni string tipidan int tipiga (o'zgartirishimiz) konvertatsiya qilishimiz kerak. Bunda `Convert` sinfining `ToInt32()` metodi yoki `int` sinfining `Parse()` metodidan foydalanashimiz mumkin!

```csharp
using System;

namespace ConsoleApp2
{
    class Program
    {
        static void Main(string[] args)
        {
            string ism;
            int yosh;
            Console.Write("Ismingizni kiriting: ");
            //string tipidagi qiymat qaytadi
            ism = Console.ReadLine();

            Console.Write("Yoshingizni kiriting: ");
            //string turidan int turiga aylantiriladi 
            yosh = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
            //int.Parse yordamida convertatasiya qilamiz
            //yosh = int.Parse(Console.ReadLine());   
        }
    }
}
```

Convertatsiyani ikki xil usulini ikki sonning yig’indisi (a+b) da ko’rib chiqamiz.

```csharp
namespace ConsoleApp2
{
    class Program
    {
        static void Main(string[] args)
        {
            int a, b;
            a = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
            b = int.Parse(Console.ReadLine());
            Console.WriteLine("Natija: " + (a + b));
        }
    }
} 
```

`Parse()` metodidan foydalanishni maslahat beramiz. Har bir tur (int, long, double...) ushbu metodni o'z ichiga oladi. Ya'ni string turidan o'sha joriy turga o'girish uchun foydalaniladi

{% hint style="info" %}
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish lozimki, `Console` sinfi, ekrandan ma'lumot o'qib oladigan 3 ta metodni o'z ichiga oladi.`Read(), ReadLine(), ReadKey()`
{% endhint %}

* ReadKey() - Biror klavish bosilishini kutadi va uning kodini qaytaradi (ConsoleKeyInfo turida)
* Read() - Bir belgi kiritilishi kutiladi va o'sha belgining ASCII kodi qaytariladi (int turida)
* ReadLine() - Satr kiritilishi kutiladi va string turida qaytaradi.

**Boshida ozroq tushinarsiz bo'lishligi mumkin, lekin tezda o'rganib ketasiz :)**
