# WinForm (Windows Form)

![](/files/-MZshX000S054ZwHbWnR)

WinForm (Windows form .Net) – bu UI framework bo\`lib kompyuter dasturlarini yaratishda foydalaniladi. Ishlab chiqish platformasi boshqaruvni boshqarish, grafikalar, ma'lumotlarni bog'lash va foydalanuvchini kiritish kabi dasturlarni ishlab chiqish funksiyalarini o\`zida jamlagan. WinForm Visual Studio orqali formaga komponentlarni osongina tashlash va ularni qo\`zg\`atish orqali kerakli joyga joylashtirib visual dizayn yaratish mumkin.

**AFZALLIKLARI:**

* Bu ancha eski va ko'p bora ishlatilgan va sinalgan
* Allaqachon 3-tomon kontrollari bilan boy bo'lib, tekin yoki sotib olish uchun tayyor
* Visual Studio dizayner qismi WPF dan ko'ra WinForms uchun yaxshiroq, WPF da ko'p ishlarni o'zingiz qilishingizga to'g'ri keladi

O\`qish tavsiya qilinadi: [WinForm va WPF ning asosiy farqlari.](https://dot-net.uz/desktop/wpf-windows-presentation-foundation-1/wpf-2-dars)

WinForm da siz dasturlarni oflayn tarzda yoki internetga ulangan holatdayangilanishlarni olish va ulardan foydalanishingiz mumkin. WinForm o\`zi ishlab turgan kompyuter xotirasiga murojaat qilishi va undan ma’lumotlar olishi mumkin.

Bugundan boshlab sizlar bilan WinForm da dasturlarni qanday qilib yaratish haqida gaplashamiz.

Buning uchun bizga [Visual studio](https://visualstudio.microsoft.com/downloads/?utm_medium=microsoft\&utm_source=docs.microsoft.com\&utm_campaign=inline+link\&utm_content=download+vs2019+desktopguide+winforms) dasturi kerak bo\`ladi.


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/c-.net/desktop/winform-windows-form.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
