# Except

Algebra kursining to’plamlar mavzusidan shunisi ma’lumki, bizga quyidagicha A = {2, 3 , 5, 6, 8} va B={2, 3, 4, 7, 8} to’plamlar berilgan bo’lsa, A\B to’plam A to’plamdan ikki to’plamning kesishmasidagi sonlarning olib tashlanganiga teng bo’ladi, ya’ni A\B = {5, 6}.

LINQ metodlari ichida **Except** bizga xuddi mana shu imkoniyatni taqdim etadi. Demak, **Except()** metodi birinchi to’plamdagi ikkinchi to’plamda mavjud bo’lmagan yangi to’plamni qaytaradi.

Method syntax:

```csharp
using System;
using System.Linq;
using System.Collections.Generic;
class Program
{
    static void Main(string[] args)
    {
        List<int> list1 = new List<int>() { 2, 3, 5, 6, 8 };

        List<int> list2 = new List<int>() { 2, 3, 4, 7, 8 };

        //Method syntax
        var result1 = list1.Except(list2).ToList();

        foreach (var i in result1)
        {
            Console.WriteLine(i);
        }

        //Output: 5  6

    }
}
```

Query syntax:

```csharp
using System;
using System.Linq;
using System.Collections.Generic;
class Program
{
    static void Main(string[] args)
    {
        List<int> list1 = new List<int>() { 2, 3, 5, 6, 8 };

        List<int> list2 = new List<int>() { 2, 3, 4, 7, 8 };

        //Query syntax
        var result2 = (from item in list1 select item).Except(list2).ToList();
        foreach (var i in result2)
        {
            Console.WriteLine(i);
        }

        //Output: 5  6
    }
}
```

Endi esa bir sinfga tegishli bo’lgan ikkita object ni qanday taqqoslash mumkinligi haqida bosh qotirsak. Masalan, bu muammoni *“ Car ”* sinfiga tegishli bo’lgan ikkita object ustida qanday hal etish mumkin ? Bu sinfga tegishli bo’lgan mashinalarimiz *“Id”* va *“Name”* xususiyatlariga ega bo’lsin.

```csharp
public class Car
{
        public int Id { get; set; }
        public string Name { get; set; }
}
```

Endigi navbat bu objectlarni taqqoslash uchun asosiy *“CarsComparer”* sinfini yaratish. Bu sinfga `IEqualityComparer<Cars>` interfeysini implementatsiya qilamiz va ushbu interfeysga tegishli Equals() va GetHashCode() metodlarini qayta yuklaymiz:

```csharp
public class CarComparer : IEqualityComparer<Car>
{
    public bool Equals(Car x, Car y)
    {

        //Taqqoslangan objectlar bir xil ma'lumotlarga murojaat qilishini tekshirish.
        if (Object.ReferenceEquals(x, y)) return true;

        //Object larni null qiymatga tekshirish
        if (Object.ReferenceEquals(x, null) || Object.ReferenceEquals(y, null))
            return false;

        //Object larning xususiyatlarini taqqoslash
        return x.Id == y.Id && x.Name == y.Name;
    }

    public int GetHashCode(Car obj)
    {
        //Obyektni null qiymatga tekshirish
        if (Object.ReferenceEquals(obj, null)) return 0;

        //Obyektning Id xususiyati uchun HashCode ni hisoblash
        int hashCarId = obj.Id.GetHashCode();

        //Obyektning Name xususiyati uchun HashCode ni hisoblash
        int hashCarName = obj.Name == null ? 0 : obj.Name.GetHashCode();

        //Obyektning HashCode ni qaytarish 
        return hashCarName ^ hashCarId;
    }

}
```

Nega aynan bunday yozdik va bu qanday ishlaydi? **GetHashCode()** orqali *Car* sinfiga tegishli bo’lgan obyektimizning Id va Name xususiyatlari uchun HashCode ni hisoblab, Obyektimizning HashCode ni qaytardik. **Equals()** metodi orqali esa taqqoslanadigan obyektlarning bir xil ma’lumotga ega ekanligi, ulardan birortasi null qiymatga teng ekanligini va ularni xususiyatlari bo’yicha taqqoslash imkoniga ega bo’ldik.

Oxirgi bosqich: “Biz kutgan onlar yetib keldi” : So’ngida esa *Car* sinfiga tegishli obyektlarni o’zida jamlagan ikki massiv yaratib o’zaro farqli elemantlarni taqqoslashni ko’rib chiqamiz

```csharp
using System;
using System.Linq;
using System.Collections.Generic;
namespace exept
{
    class program
    {

        public static void Main(string[] args)
        {
            //Birinchi to'plam
            Car[] cars1 =
            {
                new Car{ Id= 1, Name="BMW"},
                new Car{ Id = 2, Name="RollsRoys"},
                new Car{ Id = 3, Name="Wolskvagen"}
            };

            //Ikkinchi to'plam
            Car[] cars2 =
            {
                new Car{ Id = 1, Name="Lacetti"},
                new Car{ Id = 2, Name="RollsRoys" }
            };

            //To'plamlarni taqqoslash
            IEnumerable<Car> result = cars1.Except(cars2, new CarComparer());

            foreach (var item in result)
                Console.WriteLine(item.Id + " " + item.Name);

            //Output: 1  BMW
            //        2  Wolksvagen

            Console.ReadKey();
        }
    }


    public class CarComparer : IEqualityComparer<Car>
    {
        public bool Equals(Car x, Car y)
        {

            //Taqqoslangan objectlar bir xil ma'lumotlarga murojaat qilishini tekshirish.
            if (Object.ReferenceEquals(x, y)) return true;

            //Object larni null qiymatga tekshirish
            if (Object.ReferenceEquals(x, null) || Object.ReferenceEquals(y, null))
                return false;

            //Object larning xususiyatlarini taqqoslash
            return x.Id == y.Id && x.Name == y.Name;
        }

        public int GetHashCode(Car obj)
        {
            //Obyektni null qiymatga tekshirish
            if (Object.ReferenceEquals(obj, null)) return 0;

            //Obyektning Id xususiyati uchun HashCode ni hisoblash
            int hashCarId = obj.Id.GetHashCode();

            //Obyektning Name xususiyati uchun HashCode ni hisoblash
            int hashCarName = obj.Name == null ? 0 : obj.Name.GetHashCode();

            //Obyektning HashCode ni qaytarish 
            return hashCarName ^ hashCarId;
        }

    }

    public class Car
    {
        public int Id { get; set; }
        public string Name { get; set; }
    }
}
```

Natijada esa *“cars1”* to’plamiga tegishli bo’lgan “RollsRoys” obyekti barcha xususiyatlari bo’yicha *“cars2”* da ham saqlangani uchun *“cars1”* dan olib tashlanganini ko’rish mumkin.

“Bizni kutar biz kutgan kodlar” :)


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/c-.net/linq/set-operatsiyasi/except.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
