.NET Uzbekistan
  • .NET Uzbekistan
  • C# / .NET
    • .NET ga xush kelibsiz
    • .NET bilan bog'liq mavhumliklardan qochish
    • .NET asoslari
      • MSIL
      • Memory Management
        • Stack & Heap
      • CLR
    • Basics
      • Starter (boshlang'ich)
        • Java vs C#
        • C# Tarixi
        • Kirish
        • Visual Studio 2019
        • O'zgaruvchilar
        • Ma'lumot turlari
        • Operatorlar
        • Kalit so'zlar
        • ReadLine
        • If-else
        • Switch
        • Math sinfi
        • For sikl operatori
        • While sikl operatori
        • Do-While sikl operatori
        • Foreach sikl operatori
        • Break
        • Continue
        • Goto
        • Kommentlar
      • Essential (muhim)
        • Funksiya
        • Funksiyani qiymat orqali chaqirish
        • Funksiyada Ref kalit so'zidan foydalanish
        • Funksiyada Out parametri
        • Massiv
        • Funksiyalarda massivdan foydalanish
        • Ko'p o'lchamli massiv
        • Parametrlar
        • Array sinfi
        • CMD argumentlari
        • Obyekt va Class lar
        • Konstruktor
        • Obyektni ishga tushiruvchilar
        • Destructor
        • this
        • static
        • Struct
        • Enum
        • Property va Field lar
        • Vorislik
        • Overload (Qayta yuklash)
        • Override (Qayta yozish)
        • Base
        • Polimorfizm
        • Sealed
        • Interface
        • Modifikatorlarga ruxsat berish
        • Inkapsulatsiya
        • Abstrakt class va funksiyalar
        • String
        • StringBuilder
        • String Intern Pool
        • Exception Handling
        • try/catch
        • finally
      • Professional
        • To'plamlar
          • List
          • ArrayList
          • LinkedList
          • SortedList
          • Dictionary
          • HashTable
          • Stack
          • Queue
        • Tuple
        • ValueTuple
        • Delegatlar
          • Func delegati
          • Action delegati
          • Predicate delegati
          • Anonim metodlar
        • Hodisalar
        • Extension metodlar
        • Stream I/O
          • StreamWriter
          • StreamReader
          • MemoryStream
        • File va Directory
          • FileInfo
          • DirectoryInfo
        • MultiThread va Parallel dasturlash
        • Asinxron dasturlash
        • XML Document bilan ishlash
    • LINQ asoslari
      • Average
      • LINQ qanday ishlaydi?
      • LINQ query yozish usullari
      • IEnumerable va IQuerable
      • LINQ operatorlari
      • Select
      • SelectMany
      • Filterlash operatorlari
      • Where
      • OfType
      • Saralash operatorlari
      • OrderBy va OrderByDescending
      • ThenBy va ThenByDescending
      • Reverse
      • Miqdor operatorlari
        • All
        • Any
        • Contains
        • Min
        • Max
      • Set operatsiyasi
        • Distinct
        • Except
        • Intersect
        • Union
      • Bo'lim operatorlari
        • Take
        • TakeWhile
        • Skip
        • SkipWhile
      • Join operatorlari
        • Inner Join
        • Group Join
        • Left Join
      • Element operatsiyalari
        • ElementAt
        • First va FirstOrDefault
        • Last va LastOrDefault
        • Single va SingleOrDefault
    • ORM
      • ADO.NET
      • Dapper
      • Entity Framework
        • Entity Framework Approaches(usullar)
          • Model First Approach
          • Database First Approach
          • Code First Approach
        • Query yozish usullari(Entity Framework)
          • LINQ to SQL
          • Entity SQL
          • Native SQL
        • Entity Framework Core
    • Qo'shimcha sinflar
      • System.Text
        • Encoding
      • System
        • Int32
        • Random
        • DateTime
        • TimeSpan
      • System.Reflection
    • .NET Dasturchi
      • Clean Arxitektura
        • Clean Kod
        • Dizayn Tamoyillari
          • SOLID
            • Yagona Mas'uliyat Tamoyili(SRP)
            • Ochiq Yopiq Tamoyili(O/CP)
            • Liskovning Almashtirish Tamoyili(LSP)
            • Interfeysga ajratish tamoyili(ISP)
            • Qaramlik Inversiya Tamoyili(DIP)
          • DRY
          • KISS
          • YAGNI
        • Dizayn Patternlar
          • Factory Method
          • Abstract Factory
          • Builder
          • Prototype
          • Singleton
          • Adapter
          • Bridge
          • Composite
          • Decorator
          • Façade
          • Flyweight
          • Proxy
          • Chain of Responsibility
          • Command
          • Interpreter
          • Iterator
          • Mediator
          • Memento
          • Observer
          • State
          • Strategy
          • Visitor
          • Template Method
      • Git / Github
      • Muhim terminlar
      • Postman
      • CLI
        • CMD savodxonligi
      • API dan foydalanish
      • WCF
      • Refactor .NET application
      • Unit Test
      • TDD
      • TFS
    • Desktop Dasturlash
      • WPF (Windows Presentation Foundation)
        • WPF ga kirish
          • WPF ning ustunliklari
          • WPF da dastur
          • WPF arxitetkturasi
          • Klasslar iorarxiyasi
        • XAML
          • XAML asoslari
          • XAML orqasida kod
          • XAML xususiyatlari
          • XAML belgilash kengaytmalari
          • Biriktirilgan xususiyatlar
          • XAML da hodisalar
          • XAML da nomlar fazosi
        • WPF ilovasini tuzish
          • Komponovka
          • StackPanel
          • WrapPanel
          • DockPanel
          • Grid
          • GridSplitter
          • Umumiy o'lchamli guruhlar
          • Canvas
          • LnkCanvas
          • Komponovkaga misollar
        • Bog'liqlik xususiyatlari (Dependency property)
          • Bog'liqlik xususiyatlari
          • Bog'liqlik xususiyatlarining roli
          • Bog'liqlik xususiyatlarining aniqlanishi
          • Bog'liqlik xususiyatlarini ishlatish
        • Marshrutlangan hodisalar (Routed Events)
          • Routed Events
          • Bubble Events
          • Direct Events
          • Tunneling Events
        • Qo'shimcha ma'lumotlar
          • WPF ga kirish
          • WinForm va WPF
          • Salom WPF
          • XAML nima?
          • Hodisalar
          • WPF oynasi
          • App.xaml
          • Resurslar
          • Argument berish
          • Son va Vaqtni Formatlash
          • TextBlock elementi – Inline formatlash
          • Label elementi
          • Textbox elementi
      • WinForm (Windows Form)
        • 1-dars. Forma yaratish
        • 2-dars. Muhit bilan tanishish
        • 3-dars. Formaga komponentalar joylashtirish
        • 4-dars. Xodisa(Event)larni boshqarish
        • 5-dars. Dasturni ishga tushurish
      • UWP (Universal Windows Platform)
      • Xamarin
    • Web Dasturlash
      • ASP.NET Core asoslari
        • ASP.NET Core haqida
        • Loyihalar turlari
        • ASP.NET Core dasturlarini hosting qilish
        • Middleware tushunchasi
        • Middleware bilan amaliyot
        • Statik fayllar bilan ishlash
        • Dependency Injection
        • Developer Exception Page
      • ASP.NET Core Web API
        • Web API ga kirish
        • Swagger nima?
        • Http metodlar
        • ActionResult
        • CORs
        • Security (JWT)
        • Swagger ni sozlash
        • Filter va atributlar
        • Configuration va middleware
        • Logging
        • Mapping (AutoMapper)
        • SignalR
        • Keshlash
      • ASP.NET Core MVC
        • MVC nima?
        • ASP.NET Core MVC haqida qisqacha
        • Loyiha strukturasi
        • Controller
        • View
        • Model
        • View larni aniqlash yo'llari
        • Controller dan view ga ma'lumot uzatish
        • ViewBag va ViewData
        • Strongly typed View
        • Layout view haqida
        • ViewStart va ViewImports fayllari haqida
        • Marshrutizatsiya (routing)
        • Tag Helpers
          • Anchor Tag Helper
          • Image Tag Helper
          • Environment Tag Helper
        • Tekshiruv qoidalari (Validation rules)
      • MicroServices
    • Mobile Dasturlash
      • Xamarin.Android
      • Xamarin.IOS
      • Xamarin.Forms
    • Game Dasturlash
      • Unity Starter (boshlang'ich)
      • Unity Advanced (rivojlangan)
    • Internet of Things
    • Machine Learning
    • Telegram Bot
      • Kirish
        • Telegram bot bilan tanishuv
        • ASP.NET Core da birinchi telegram bot
      • Starter
        • Xabar turlari va xabar yuborish
          • Matnli xabarlar bilan ishlash
          • Rasm & Sticker
          • Audio & voice
          • Video & Video Note
          • Dokument fayllar
          • Polls
          • Contact , Location, Venue
          • Album(Media Group)
      • Essential
        • Reply - Markup
          • ReplyKeyboardMarkup, KeyboardButton
          • InlineKeyboardMarkup, InlineKeyboardButton
      • Advanced
        • Deployment
    • Class Library
    • Intervyu savollari
      • C# / .NET asoslari
  • Database
    • MS SQL Server
      • SQL Server sintaksisi
      • Ma'lumot turlari
      • Select
    • PostgreSQL
      • Basic
        • Kirish
        • PostgreSQL tarixi
        • Muhitni sozlash (PgAdmin)
        • Sistaksis
        • Ma'lumot turlari
        • Create Database
        • Select Database
        • Drop Database
        • Create Table
        • Drop Table
        • Scheme
        • Insert so'rovi
        • Select so'rovi
        • Operatorlar
        • Ifodalar
        • Where
        • Where
        • And va Or
        • Update so'rovi
        • Delete so'rovi
        • Like
        • Limit
        • Order By
        • With
        • Having
        • Distinct
      • Advance
        • Constraint (cheklov) lar
        • Join lar
          • Cross join
          • Inner join
          • Left join
          • Right join
          • Full join
        • Union
  • Roadmap
    • Roadmap for .NET developers
    • Roadmap for Azure developers
Powered by GitBook
On this page

Was this helpful?

  1. C# / .NET
  2. Basics
  3. Essential (muhim)

Polimorfizm

Ravshan Sodiqov

Navbatdagi darsimiz ob’ektga yo’naltirilgan dasturlashning yana bir asosiy tushunchalaridan biri polimorfizm haqida. Polimorfizm odatda inkapsulyatsiya va vorislikdan keyin OOP ning uchinchi ustuni deyiladi. Polimorfizm yunoncha so’z bo’lib, “ko’p shaklli” degan ma’noni anglatadi va uning ikki xil ko’rinishi mavjud:

  1. Statik polimorfizm. Ushbu tur kompilyatsiya vaqti polimorfizmi (Compile Time Polymorphism) deb ham yuritiladi. Chunki u qaysi metod yoki funksiyani chaqirishni kompilyatsiya vaqtida aniqlashtirib oladi va mos keladigan metod yoki funksiya topilmasa xatolik qaytariladi.

Quyida “Algebra” sinfida bir xil nomga ega ikkita “Add” metodi mavjud va bu metodlar faqat parametrlari bilan farqlangan. 1 – “Add” metodining vazifasi 2 ta butun sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish. 2 – “Add” metodining vazifasi 3 ta butun sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish.

class Algebra
{
  public int Add(int a, int b)
  {
    return a + b;
  }
  public int Add(int a, int b, int c)
  {
    return a + b + c;
  }
}

Keling endi dastur qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun, “Algebra” sinfining “Add” metodidan ikki xil ko’rinishidan ham foydalanib ko’ramiz:

class Algebra
    {
        public int Add(int a, int b)
        {
            return a + b;
        }

        public int Add(int a, int b, int c)
        {
            return a + b + c;
        }
    }
    
    class Program
    {   
        static void Main(string[] args)
        {
            Algebra algebra = new Algebra();
            Console.WriteLine(algebra.Add(3, 8)); //output: 11
            Console.WriteLine(algebra.Add(2, 3, 8)); //output: 13
            Console.ReadKey();
        }    
    }

Biz sinf metodiga algebra.Add(3, 8) shaklida murojaat qildik va kompilyastiya jarayoni boshlangandan keyin dastur ikkita parametrli metodga ya’ni 1 – “Add” metodiga murojaat qildi. (Mustaqil tarzda s.Add(2, 3, 5) holatini o’rganib chiqing). Biz statik polimorfizmda bir metodni sinfni o’zida qayta aniqladik va qaysi metod ishlashi kerak ekanligi kompilyatsiya vaqtida aniq bo’ldi.

  1. Dinamik polimorfizm. Runtime polimorfizmi yoki kech ulanish polimorfizmi deb ham atash mumkin. Polimorfizmning ushbu turida statik polimorfizmdan farqli tarzda bir sinfga tegishli metodlarni ushbu sinfdan voris oluvchi boshqa sinflarda qayta aniqlaymiz. Bu nima degani ? Misol tariqasida real bir voqeani qaraymiz. Geometrik shakl deganimizda uchuburchak, to’rtburchak, piramida va yana boshqa shakllar ko’z oldimizdan o’tadi. Lekin aynan bir shaklni tasavvur qila olmaymiz. Uchburchak deganimizda esa aksincha. Ushbu holat quyidagicha:

class Shakl
    {
        public void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men shakl chizaman");
        }
    }

    class Uchburchak : Shakl
    {
        public void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men uchburchak chizaman");
        }
    }

    class Aylana : Shakl
    {
        public void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men aylana chizaman");
        }
    }

Yuqoridagi holatda “Shakl” sinfi ajdod sinf va unda Chizish() metodi mavjud, “Aylana” va “Uchburchak” sinflari esa uning voris sinflari va Chizish() metodini esa ularda qayta yozdik.

    class Shakl
    {
        public void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men shakl chizaman");
        }
    }

    class Uchburchak : Shakl
    {
        public void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men uchburchak chizaman");
        }
    }

    class Aylana : Shakl
    {
        public void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men aylana chizaman");
        }
    }

    class Program
    {   
        static void Main(string[] args)
        {
            //konstruktorlar e'loni
            Shakl shakl = new Shakl();
            Shakl uchburchak = new Uchburchak();
            Shakl aylana = new Aylana();

            //Metodni chaqirish
            shakl.Chizish();
            uchburchak.Chizish();
            aylana.Chizish();

            Console.ReadKey();
        }    
    }

Natija qanday bo’ladi ?

Nega natija biz o’ylagandek chiqmadi ? Biz yuqorida ikkita xatoga yo’l qo’ydik.

1 – xato: Chizish() metodini ajdod sinfda, ya’ni, Shakl sinfida qayta yozish imkoniyati bor ekanligini aytmadik. (virtual so’zi bilan hal qilamiz)

2 – xato : Chizish() metodini voris sinflarda qayta yozayotganimizni ham aytib o’tmadik. (override so’zi bilan hal qilamiz)

Dasturga muammolarimizni hal qiluvchi kalit so’zlarni qo’shamiz:

namespace PolymorphismDemoApp
{
    class Shakl
    {
        public virtual void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men shakl chizaman");
        }
    }

    class Uchburchak : Shakl
    {
        public override void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men uchburchak chizaman");
        }
    }

    class Aylana : Shakl
    {
        public override void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Men aylana chizaman");
        }
    }

    class Program
    {   
        static void Main(string[] args)
        {
            //konstruktorlar e'loni
            Shakl shakl = new Shakl();
            Shakl uchburchak = new Uchburchak();
            Shakl aylana = new Aylana();

            //Metodni chaqirish
            shakl.Chizish();
            uchburchak.Chizish();
            aylana.Chizish();

            Console.ReadKey();
        }    
    }
}

Xatolarimizni hal qila oldikmi ?

Xayriyat, endi natija biz xohlagan ko’rinishda !

Abstraksiya olamiga sayohat

Yuqorida biz geometrik shakl deganda aynan bir shakl ko’z oldimizga kelishini va uni chizish mumkin emasligini tushunib yetdik. Demak, “Shakl” sinfi mavhum (abstract) sinf va uning “Chizish” metodi ham mavhum (abstract). Voris sinflarda esa bu metodning qiladigan ishi tayin.

namespace PolymorphismDemoApp
{
    abstract class Shakl
    {
        public abstract void Chizish();
    }

    class Uchburchak : Shakl
    {
        public override void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Uchburchak chizaman");
        }
    }

    class Aylana : Shakl
    {
        public override void Chizish()
        {
            Console.WriteLine("Aylana chizaman");
        }
    }

    class Program
    {   
        static void Main(string[] args)
        {
            //konstruktorlar e'loni
            //Shakl shakl = new Shakl(); endi Shakl sinfining kostruktrini yaratib bo'lmaydi 
            Shakl uchburchak = new Uchburchak();
            Shakl aylana = new Aylana();

            //Metodni chaqirish
            uchburchak.Chizish();
            aylana.Chizish();

            Console.ReadKey();
        }    
    }
}

OOP ni amalda yaxshi qo’llashni istasangiz quyidagi 3 qoidani doimo yodda tuting:

1 – qoida: Abstract metodlarni yaratishda metod nomi oldiga abstract so’zini qo’shish kerak va abstract metodlarning tanasi bo’lmaydi. 2 – qoida: Hech bo’lmaganda bitta bo’lsa ham abstract metodni o’z ichiga olgan sinf o’z – o’zidan abstract sinfga aylanadi va sinf nomi oldiga abstract so’zi qo’shib qo’yiladi. 3 – qoida: Abstract sinflar umumiylikni saqlab turish uchun yaratiladi va ularning kostruktori e’loni ham mavjud bo’lmaydi.

Yuqoridagi dasturda hayotdagi haqiqiy voqeani aks ettirdik deyishimiz mumkin. “Shakl” sinfi mavhum (abstract) va “Aylana”, “Uchburchak” sinflari uchun ajdod sinf. Undagi Chizish() metodi ham hech qanday vazifa bajarmasdan faqat umumiylikni saqlab turish uchun yaratildi va voris sinflarda ushbu metodni qayta aniqladik (override kalit so’zi orqali).

Yakunda yana bir muhim qoidani bilishingizni ta’kidlab, shu bilan mavzuni o’z nihoyasiga yetkazamiz:

Yodda tuting: Agar ajdod sinfdagi metod virtual bo’lsa, bu sinfdan voris olganimizda bu metodni qayta aniqlashimiz majburiy emas, ya’ni agar ehtiyoj bo’lsagina qayta aniqlaymiz. Agar ajdod sinfdagi metod abstract bo’lsa bu sinfdan voris olganimizda bu metodni qayta aniqlashga majburmiz.

PreviousBaseNextSealed

Last updated 3 years ago

Was this helpful?

Natija
Natija