Kalit so'zlar
Abdulaziz Abduxalil-zoda
Kalit so'zlar kompilyator uchun maxsus ma'nolarga ega bo'lgan oldindan belgilangan, zaxiralangan identifikatorlardir. Ular @ prefiksisiz dasturlarda identifikator sifatida ishlatilishi mumkin emas. Masalan, @if haqiqiy identifikator hisoblanadi, lekin if emas chunki bu kalit so'z bo'ladi. Ushbu maqoladagi birinchi jadvalda C# dasturining biron bir qismida identifikator sifatida ishlatib bo'lmaydigan kalit so'zlar keltirilgan. Ushbu maqoladagi ikkinchi jadvalda kontekstli C# kalit so'zlari keltirilgan. Kontekstli kalit so'zlar faqat ma'lum bir dastur kontekstida ishlatish mumkin va bu kontekstdan tashqarida identifikator sifatida foydalanish mumkin. Odatda, oldingi versiyalarda yaratilgan dasturlarni buzmaslik uchun yangi kalit so'zlar kontekstli kalit so'zlar sifatida C# tiliga qo'shiladi.
abstract as base bool break byte case catch char checked class const continue decimal default delegate do double else enum event explicit extern false finally fixed float for foreach goto if implicit in int interface internal is lock long namespace new null object operator out override params private protected public readonly ref return sbyte sealed short sizeof stackalloc static string struct switch this throw true try typeof uint ulong unchecked unsafe ushort using virtual void volatile while
Kontekstli kalit so'zlar:
Kontekst kalit so'zi kodning o'ziga xos ma'nosini ta'minlash uchun ishlatiladi, ammo bu C# -da saqlangan so'z emas. partial va where kabi ba'zi bir kontekstli kalit so'zlar ikki yoki undan ortiq kontekstda maxsus ma'nolarga ega.
add alias ascending async await by descending dynamic equals from get global group into join let nameof notnull on orderby partial (tur) partial (metod) remove select set unmanaged value var when where yield
Last updated