Foreach sikl operatori
Ilhomjon Bekmirzayev
Last updated
Ilhomjon Bekmirzayev
Last updated
Assalomu aleykum bo‘lajak dasturchilar hozir sizlar bilan foreach sikli bilan tanishib chiqamiz. foreach siklining for, while, do while sikllaridan asosiy farqi foreach sikliga shart berilmaydi. Foreach sikli asosan massivlar va kolleksiya qiymatlari bilan ishlashni osonlashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda massivning har bir elementiga undagi elementlar sonini bilmagan holda barcha elementlariga murojaat qilish imkonini beradi.
foreach blok sxemasi quydagicha:
Bu yerda e’tibor qaratiladigan jihati o‘zgaruvchi turi massiv turi bilan mos kelishi lozim(olmaning tagiga olma tushadi deganlaridek…☺).
Ko'p gapirgandan ko'ra soddaroq misolda ko'rsak :)))
Biz avvaliga qiladigan ishimizni bilib olishimiz lozim, demak biz qandaydir elementlarga ega massiv yaratamiz va foreach sikli orqali massiv elementlarini ekranga chiqaramiz.
Bu yerda biz string turidagi mevalar nomli massiv hosil qildik va unga olma, nok, uzum, shaftoli, o`rik qiymatlarini (massiv elementlarini) berib chiqdik.
Keyn esa foreach sikli string turidagi meva o’zgaruvchisiga mevalar massividagi elementlarini bitta-bitta olib uzatadi va har bir meva o’zgaruvchisini qiymatini ekranga chiqaramiz.