# ASP.NET Core da birinchi telegram bot

Demak, ASP.NET Core da telegram bot bilan ishlashni boshlaymiz. Bot vazifalarini belgilash uchun bizga 2 ta asosiy narsa kerak bo'ladi:

1. Telegram Bot API bilan bog'lanish uchun **kalit(token)**
2. Editor (kod yozishda bizga yordam beruvchi qurol)

## Botfatherdan token olish

Token - bu Telegram Bot API ga so'rovlar yuborib, undan ma'lumotlar olish uchun kerak bo'ladigan kalit hisoblanadi. Bu tokenni birovga bildirmaslikni maslahat bergan bo'lardim, sababi token orqali siz yaratayotgan bot boshqariladi.

Tokenni olish uchun quyidagi qadamlarni bosib o'tishingiz kerak bo'ladi:

* Telegram dasturiga kirib, qidiruv sistemasiga **"botfather"** ko'rinishida murojaat qiling va quyida berilgan manzilga tashrif buyuring.

*  Berilgan komandalar orasidan, **/newbot** buyrug'ini tanlang.

* So'ralgan savol tartibiga mos holda amallarni bajaring.

Tokenni qabul qilib oldik, endigi navbatda, bizga editor kerak bo'ladi. Ishlarimizni tartibli va qulay tarzda amalga oshirish uchun **Visual Studio** dasturidan foydalanamiz. Visual Studio dasturiga ASP.NET Core ni qanday o'rnatilinishi, hamda ASP.NET Core haqida foydali ma'lumotlarni ushbu [video](https://youtu.be/xj7aYUOw78w) orqali bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

Agarda aytilgan barcha narsalarni o'rnatib olgan bo'lsangiz, unda botni tuzishga kirishamiz.

## Birinchi telegram bot

* Create a new project

* ASP.NET Core Web Application

![](/files/-MQxIiOOx0PlyLAQ6qEp)

* Dasturga nom bering va unga joylashuvni taqdim eting

![](/files/-MQxJ65h9jeeX8gRufZa)

* ASP.NET Core Empty

![](/files/-MQxIqYqx0gkdlXqrZs-)

Yuqoridagi harakatlardan so'ng bizga, ASP.NET Core Empty project oynasi taqdim etiladi va loyihada default holatda quyidagi fayllar hosil qilinadi.

![](/files/-MQxJNxIAvPKfMyarOCV)

Telegram Bot API ga bog'lanish uchun bizga **Telegram.Bot** paketi kerak bo'ladi. Uni **Manage NuGet  Packages** bo'limi orqali dasturga qo'shib olamiz.

![](/files/-MQxJe2llmza1oES_tsw)

Galdagi qadamda dasturimizda Controllers papkasini yaratamiz va unga bo'sh MVC Controllerni qo'shamiz

![](/files/-MQxJlWtNvrX-TwATgtw)

So'ngra bizga quyidagicha ko'rinish taqdim etiladi.

![](/files/-MQxJs9kbnEpx0NjpkS9)

Endi botimiz vazifalarini shuyerda belgilaymiz.

```csharp
using Microsoft.AspNetCore.Mvc;
using Telegram.Bot;
using Telegram.Bot.Args;

namespace FIrstBotASP.Controllers

public class HomeController : Controller

// TelegramBotClient sinfidan obyekt hosil qilamiz
// va unga Botfather orqali olgan tokenni
// bog'laymiz
private TelegramBotClient client = new TelegramBotClient("1531755050:AAEpi-2sgSeqoP8E_DVEe0Csx0H8L1zBi2c");

// HomePage
public string Index()

// yangi event_handler yasaldi
client.OnMessage += Xabar_Kelganda;

// xabar kelishini tasdiqlash
client.StartReceiving();

// string qaytaradi
return "Bot hozr ishlamoqda";

// foydalanuvchu xabar yuborganda ishlaydi
private async void Xabar_Kelganda(object sender, MessageEventArgs e)

// foydalanuvchi idsi
long userId = e.Message.Chat.Id;

// kelgan xabar idsi
int msgId = e.Message.MessageId;

if(e.Message.Text == "/start")

// xabar yuborish
await client.SendTextMessageAsync(userId, "Assalomu alaykum", replyToMessageId: msgId);

Web loyiha ishga tushgan paytda, botimiz ham birga ishlashligi uchun Startup.cs faylida, Controllerni qo'shib qo'yamiz.

```csharp
using Microsoft.AspNetCore.Builder;
using Microsoft.AspNetCore.Hosting;
using Microsoft.Extensions.DependencyInjection;
using Microsoft.Extensions.Hosting;

namespace FIrstBotASP

public class Startup

// This method gets called by the runtime. Use this method to add services to the container.
// For more information on how to configure your application, visit https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkID=398940
public void ConfigureServices(IServiceCollection services)

// yaratilingan controllerni qo'shish
services.AddControllersWithViews();

// This method gets called by the runtime. Use this method to configure the HTTP request pipeline.
public void Configure(IApplicationBuilder app, IWebHostEnvironment env)

if (env.IsDevelopment())

app.UseDeveloperExceptionPage();

app.UseRouting();

app.UseEndpoints(endpoints =>

// urllar boshqaruvi
endpoints.MapControllerRoute(
name: "default",
pattern: "{controller=Home}/{action=Index}/");

Bizning ASP.NET Core da yaratgan birinchi dasturimiz tayyor bo'ldi, endi uni yurgazsak ham bo'ladi.

Dasturimiz localhostda muvaqqiyatli ishga tushdi. Endi yaratgan botimizga o'tib. **/start** komandasini yuboramiz.

![](/files/-MQxLjEuPTGsNDOGNyn6)

Suxbatni shu yerda to'xtamiz va Starter bo'limiga sayohatni boshlaymiz.

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

GET https://docs.dot-net.uz/c-.net/telegram-bot/kirish/asp.net-core-da-birinchi-telegram-bot.md?ask=<question>

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.