# Telegram bot bilan tanishuv

Assalomu alaykum do'stlar, bu bo'limda sizlar bilan Telegram bot qurishni asosiy tushunchalariga to'xtalib o'tamiz. Dast avval, Telegram bot o'zi nima ? Undan qanday foydalaniladi? kabi savollarga oydinlik kiritamiz.

## Telegram bot nima va undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

Telegram bot bu - Telegram tarmog'ida ishlovchi qismiy dastur hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi, foydalanuvchilar yuborgan xabarlari, komandalari, hamda ichki so'rovlariga mos holda aloqani ta'minlash.

Hozrgi paytda, botlardan turli maqsadlarda, shuningdek kanallarni va guruhlarni boshqarish, boshqa servislar bilan aloqani yo'lga qo'yish(Youtube, Gmail...), hamda yordamchi vositalarni yaratishda foydalaniladi.

## Botlar ishlash tizimi qanday?

Foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan xabarlar, buyruqlar va so'rovlar sizning serverlaringizda ishlaydigan dasturlarga uzatiladi va bu dasturlar to'g'ridan - to'g'ri Telegram Bot API(Application Programming Interface) ga HTTP protokoli orqali bog'lanib, bizga kerakli bo'lgan vazifalarni bajarishadi.

Ushbu so'rovlarni amalga oshirish uchun, ko'plab texnologiya va dasturlash tillaridan foydalanish mumkin. Xususan: PHP, Python, C#, Java, Node.js...

Biz esa, Telegram botlarni qurishda, C# dasturlash tilining cross-platform Web loyihalarni qurishda qo'l keladigan - **ASP.NET Core** framework idan foydalanamiz.

#### &#x20;<a href="#telegram-bot-nima-va-undan-qanday-maqsadlarda-foydalanish-mumkin" id="telegram-bot-nima-va-undan-qanday-maqsadlarda-foydalanish-mumkin"></a>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://docs.dot-net.uz/c-.net/telegram-bot/kirish/telegram-bot-bilan-tanishuv.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
