Keling bu mavzuni sodda qilib o'rganish uchun o'xshatish metodidan foydalanamiz :) O'zimiz bilgan, tushungan massiv ga o'xshatib ko'ramiz shunda soddaroq bo'ladi. Qani ketdik.
Tuple classi ni massivga o'xshagan to'plam deb qarasak boladi. Undan farqi har-xil turdagi ma'lumotlarni saqlash mumkin. Keling uni sintaksisi bilan tanishamiz:
Tuple da ko'pi bilan 8 ta element saqlash mumkin. Agar undan ko'payib ketsa, kompilyator bizga xatolik beradi. Lekin bunda ham yechim bor har doimgidek ayyorlik ishlatamiz :) Tuple ichida tuple yozamiz quyidagicha: