For the complete documentation index, see llms.txt. This page is also available as Markdown.

Funksiyalarda massivdan foydalanish

Faxriddin Xushnazarov

Hozir biz siz bilan funksiyalarda massivlardan foydalanishning bir nechta hollarini ko’rib chiqamiz.

  1. Keling Python dasturlash tilidagi range() funksiyasiga o’xshash funksiyani biz C# dasturash tilida tuzib ko’ramiz. Izoh: range() – asosan ikkita argument qabul qiladi aytaylik n va m, ushbu funksiyaning vazifasi n dan m gacha bo’lgan butun sonli array ni qaytaradi(m kirmaydi).

  static int[] Range(int n, int m) 
    { 
        int[] range = new int[m - n]; 
        int k = 0; 
        for(int i=n; i<m; i++) 
            range[k++] = i; 
        return range; 
    } 

Bu yerda biz Range funksiyasining type sifatida int[] massiv typeni berdik. Endi ushbu funksiyadan foydalanib n dan m gacha bo’lgan butun sonlar yig’indisini hisoblaymiz:

using C=System.Console; 
using System.Linq; 
public class Program 
{ 
    public static int[] Range(int n, int m) 
    { 
        int[] range = new int[m - n]; 
        int k = 0; 
        for(int i=n; i<m; i++) 
            range[k++] = i; 
        return range; 
    } 
    public static void Main(string[] args) 
    { 
        int n,m; 
        C.Write("n="); 
        n = int.Parse(C.ReadLine()); 
        C.Write("m="); 
        m = int.Parse(C.ReadLine()); 
        C.WriteLine($"{n} dan {m} gacha bo'lgan yig'indi={Range(n,m+1).Sum()}"); 
    } 
} 
  1. Endi funksiyaning argumentlariga massivlardan foydalanishni ko’rsak. Funksiyaning argumentiga massiv ham xuddi o’zgaruvchidek ishlatiladi Misol uchun: <type> funksiyaNomi(int[] x, string[] y){}

Keling biz System nomlar fazosidagi Array classining Sort() metodiga o’xshash funksiya yaratib ko’ramiz. Izoh: Array.Sort metodinig argumentiga massivni bersak ushbu metod bizga bergan massiv elementlarini o’sish tartibida tartiblaydi. Biz faqat int typedagi massivni sort qiladigan funksiya yozamiz!

Xop bu funksiyani endi ishlatib ko’ramiz:

Natija: 1, 2, 3, 4, 4, 5, 6, 7, 41, 45,

Endi biz ushbu funksiya yordamida massivdagi eng katta va eng kichik elementni ham topishimiz mumkin:

Natija: eng kichigi: 1, eng kattasi: 45

Demak biz funksiyalarning type va ularning argumentlarida bemalol massiv typelaridan foydalana olar ekanmiz.

Last updated

Was this helpful?