Hozirgi vaqtda PostgreSQL deb nomlanuvchi relatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi 1986 – yilda Berklindagi Kaliforniya universitetida yozilgan POSTGRES
paketidan olingan. 20 yildan beri ilg’or rivojlanib kelayotgan PostgreSQL hozirgi kunda deyarli hamma joyda mavjud bo’lgan ochiq kodli ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Maykl Stonebraker tog’aning ushbu POSTGRES loyihasi dastlab moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish, reaktiv dvigatelning ishlashini monitoring qilish va asteroidlar harakatini kuzatish uchun xizmat qilgan (boyvachcha amakilar qo’llab turishgan albatta).